O‘QUVCHILAR BILIM DARAJASINI OSHIRISHDA TIMSS TOPSHIRIQLARINING O‘RNI (4-sinf tabiiy fanlar misolida)
Boychayeva Sharifa Saidkulovna
Annotatsiya
Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim darajasini oshirishda TIMSS xalqaro baholash dasturi topshiriqlarining o‘rni 4-sinf “Tabiiy fanlar” fani misolida yoritilgan. TIMSS 2023 natijalariga ko‘ra O‘zbekistonning 4-sinf o‘quvchilari tabiiy fanlardan 412 ball to‘plagani mavzuning dolzarbligini ko‘rsatadi. Tadqiqotda 4-sinf “Tabiiy fanlar” darsligi (II qism, 2023) mavzulari TIMSSning mazmun va kognitiv sohalari bo‘yicha tahlil qilindi. Darslik topshiriqlarining asosiy qismi bilish darajasida ekani, qo‘llash va mulohaza yuritish topshiriqlari yetishmasligi aniqlandi. Darslik materiali asosida TIMSS formatidagi oltita topshiriq namunasi va ularni baholash mezonlari ishlab chiqildi hamda bunday topshiriqlar o‘quvchini bilish darajasidan qo‘llash va mulohaza yuritish darajasiga bosqichma-bosqich olib chiqishi asoslandi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi — mavjud darslikni o‘zgartirmasdan, uning tajriba va savollarini TIMSS formatiga moslashtirish modeli taklif etilgani. Maqola so‘ngida o‘qituvchilar uchun amaliy tavsiyalar berilgan.
To'liq matn (Annotatsion sharh)
Ushbu ilmiy maqolaning to'liq matni va tahliliy jadvallari PDF formatida taqdim etilgan. Maqolani yuklab olib tanishishingiz va sitat keltirishingiz mumkin.
Original PDF faylni yuklab olish
Rasmiy nashr nushasi (300 DPI, qidiriluvchi matn)
Ushbu maqola uchun adabiyotlar ro'yxati kiritilmagan.
