“NURLI MASKAN” MAKTAB-INTERNATLARIDA TA’LIM JARAYONIDA ASSISTIV VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ZARURATI
Sharofutdinov Iqboljon Usmonjon o‘g‘li
Annotatsiya
Maqolada “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi o‘quvchilar ta’limida assistiv va raqamli texnologiyalardan foydalanish zarurati ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan. Ko‘rish funksiyasining buzilishi o‘quv axborotini qabul qilish, qayta ishlash va ifodalash jarayonlariga qanday ta’sir qilishi tahlil etilib, eshitish va taktil sezgi kabi kompensator kanallarni texnologik vositalar yordamida kuchaytirish imkoniyatlari ochib berilgan. Assistiv va raqamli texnologiyalarning ta’limiy vazifasiga ko‘ra tasnifi ishlab chiqilgan, ular an’anaviy tiflopedagogik vositalar bilan qiyoslangan. Texnologiyalarni qo‘llash zaruratini belgilovchi normativ-ijtimoiy, psixofiziologik, didaktik va texnologik omillarni yagona tizimga birlashtiruvchi “ZARURAT - 4O” modeli taklif etilgan.
To'liq matn (Annotatsion sharh)
Ushbu ilmiy maqolaning to'liq matni va tahliliy jadvallari PDF formatida taqdim etilgan. Maqolani yuklab olib tanishishingiz va sitat keltirishingiz mumkin.
Original PDF faylni yuklab olish
Rasmiy nashr nushasi (300 DPI, qidiriluvchi matn)
Ushbu maqola uchun adabiyotlar ro'yxati kiritilmagan.
